O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Sizni qutlaydi.
Tashkilotimiz O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga a’zo jamoat tashkilotidir.
Respublika kengashi kasaba uyushma a’zolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda manfatlarini ifoda etadi, ish beruvchilar bilan ijtimoiy sherikchilik tamoyillari asosida faoliyat olib boradi.
Joriy yilning 15-17 mart kunlari AT “Aloqabank“ boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti Respublika Kengashi hamkorligida hududiy filiallari kasaba uyushma qo‘mitasi raislari va faollari uchun 3 kunlik o‘quv mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Ma’lumki, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2018 yil 2 oktyabrdagi “Boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari kuni”ni joriy etish to‘g‘risida”gi 10-5 son Rayosat qarori asosida Respublika kengashining 2018 yilning 26 oktyabrdagi “Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlariga amaliy yordam ko‘rsatish kuni”ni joriy etilishi to‘g‘risdagi 11-4 son Rayosat qarori qabul qilindi.
Aziz va munis onaxonlar va dilbar opa-singillar sohamizning barcha muxtarama ayollari hamda go‘zal qizlari!
Barchangizga nafis bahor, muhabbat, go‘zallik, latofat va mehr ramzi bo‘lgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!
Nafasat va go‘zalik bayrami 8-mart Halqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Soha tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarda samarali foliyat yuritayotgan, sog‘lom, barkamol farzandlarni voyaga etkazish, oilalar mustahkamligini ta’minlashda o‘z xissasini qo‘shayotgan faol xotin-qizlarni rag‘batlantirish, ularni oila va jamiyatdagi mavqeini oshirish, namunali hayot yo‘li bilan barchaga o‘rnak bo‘lgan mehnat faxriylarini sharaflash, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ishlari tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 5 fevralidan boshlab belgilangan jadval asosida soha tizimidagi korxona va tashkilotlarda Tarmoq, Tarif kelishuvlari, Yagona jamoa shartnomasi va qo‘shma qarorlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahliliy-tanqidiy o‘rganilib, 2018 yil yakuni bo‘yicha jamoa shartnomalarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan mehnat jamoalarining konferentsiyalari o‘tkazilib kelinmoqda.