YAGONA JAMOA SHARTNOMASINI BAJARILISHI MUXOKAMA ETILDI

“O‘zbektelekom” Aktsiyadorlik kompaniyasining Samarqand filialida 2017-2019 yillar uchun tuzilgan Yagona jamoa shartnomasining 2019 yil birinchi yarim yillikda bajarilishi yakunlariga bag‘ishlangan mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi videoselektor orqali filialning 15 ta shahar va tuman telekommunikatsiya bog‘lamalari mehnat jamoasi a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.

Kun tartibida Samarqand filiali tomonidan  2017-2019 yillar uchun tuzilgan Yagona jamoa shartnomasining 2019 yil 6 oyda bajarilishi yakunlari to‘g‘risidagi hamda mazkur Yagona jamoa shartnomasining bajarilishi yuzasidan tekshiruv Dalolatnomani tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha Ish beruvchi nomidan filial direktori X.Ravshanov hamda kasaba uyushma qo‘mitasi raisi N.Maxmudovalarning axborotlari tinglandi.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Yagona jamoa shartnomasida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi natijasida xodimlar har oyda o‘rta hisobda 750,0 ming so‘m miqdorida qo‘shimcha daromad olganligi qayd etildi.

Videoselektor orqali “Ochiq muloqot” tarzida o‘tkazilgan davra suhbatida O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Haydarov hamda  “O‘zbektelekom” AK kasaba uyushmasi mutaxassisi J.Xakimovlar  ishtirok etib,  xodimlarni qiziqtirayotgan savollar, taklif va mulohazalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishdi.

Shuningdek, filial faoliyatida yosh mutaxassislar ishtirokini samarali tashkil etish va yoshlarni ijtimoiy himoyalash masalasi echimini topish maqsadida,  ish beruvchi bilan ijtimoiy hamkorlikni yanada samarali olib borish,  xodimlarga mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash, ular o‘rtasida sport-sog‘lomlashtirish hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishini tizimli yo‘lga qo‘yish yuzasidan takliflar berishdi.

 

“O‘zbektelekom” AK Samarqand filiali

Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi

Nazokat Maxmudova