Kasaba uyushmasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Mehnat kodeksi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi, “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi qonunlariga, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatlarini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga hamda Ustavga muvofiq amalga oshiradi.
Kasaba uyushmasi faoliyatining asosiy maqsadi kasaba uyushmasi a’zolari, shuningdek korxona, tashkilot, muassasalar xodimlarining mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy, intellektual huquq va manfaatlarini himoya qilishdir.
Kasaba uyushmasi o‘z a’zolarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida ta’qiqlanmagan barcha usullardan foydalanadi.