Xizmat vazifalarga bog‘liq bo‘lgan quyidagi ishlarni bajaradi:
1. Kengashda mehnat va ijro intizomiga rioya etilishini doimiy nazorat qilib boradi, xodimlarni rag‘batlantirish, ularga nisbatan intizomiy chora qo‘llash yuzasidan Kengash raisiga bildirgi kiritadi.
2. Kengash mas’ul xodimlari lavozimlariga va boshlang‘ich tashkilotlar raisi nomzodlarni tanlaydi va tegishli taklif (xulosa)larni tayyorlaydi.
3. Kengashning ish rejalarini ishlab chiqadi, ish rejalari va haftalik yig‘ilish topshiriqlarining o‘z vaqtida bajarilishini tashkil etadi.
4. Xodimlarni xizmat safariga yuborish to‘g‘risida taklif kiratadi va xodim bilan birgalikda hizmat safari natijasi yuzasidan raisga tahliliy ma’lumot (axborot)ni taqdim etadi.
5. Kengashning rasmiy veb-saytida berilgan ma’lumotlarning sifati va mazmuni uchun mas’ul javobgar shaxs hisoblanadi.
6. Boshlang‘ich tashkilotlarning “Milliy g‘oya targ‘iboti” yo‘nalishidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi, olingan ma’lumotlarni umumlashtiradi, tahlil qiladi va yakuniy ma’lumotni Federatsiya Kengashiga topshiradi.
7. Kengashda qabul qilingan qarorlar, shuningdek yuqori idoralar xujjatlarining bajarilishini nazorat qiladi, ijrosi ta’minlangan qarorlarni nazoratdan chiqarish xaqida tegishli xodimlarga topshiriq beradi.
8. Yangi tuzilgan boshlang‘ich tashkilotlarni kasaba uyushma xizmatiga olinishida, jamoa shartnomalari tuzish va faoliyatini tashkil etishda amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi.
9. Tarmoq (tarif) kelishuvlari va jamoa shartnomalari loyihalarini jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazish komissiyasi faoliyatiga rahbarlik qiladi.
10. Mehnat muhofazasi bo‘yicha taqdim etilayotgan me’yoriy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan taklif va e’tirozlar tayyorlaydi.
11. Xodimlarni mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitilishi hamda ularning mehnat muhofazasi sohasidagi bilimlarini tekshirilishida ishtirok etadi.
12. Kasaba uyushma qo‘mitasi faollari va ish beruvchining vakillari bilan birgalikda xodimlarning xavfsizligi yoki salomatligiga zarar etkazuvchi omillarni bartaraf etish holatini o‘rganadi va tegishli ishlarni tashkillashtiradi.
13. Tarmoq tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarining texnik holatini, yozgi mavsumga tayyorgarligini o‘rganadi va ularni foydalanishga qabul qilishda ishtirok etadi.
14. Tarmoq korxonalarida mehnat muhofazasi va xodimlarga qulay mehnat sharoitini yaratish bo‘yicha targ‘ibot-tushintirish ishlarini olib boradi.
15. Komissiya tarkibida ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisalarni, kasb kasalliklarini, xodimlar sog‘lig‘iga shikast etkazish holatlarini tekshirishda qatnashadi.
16. Kasaba uyushmasi Ustavida belgilangan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
17. RK rahbariyati tomonidan berilgan topshiriq va ko‘rsatmalarni o‘z vaqtida sifatli qilib bajaradi.
18. RK vakolatiga kiruvchi vazifalar yuzasidan mavjud ma’lumotlardan foydalanish xuquqiga ega.