KO‘RIK-TANLOV G‘OLIBLARI ANIQLANDI

O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Rayosat qarori asosida tizimdagi barcha boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari o‘rtasida tanlov tashkil etildi.

Mazkur ko‘rik-tanlov Yangi tahrirdagi «O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlar o‘rtasida o‘tkaziladigan «Eng namunali boshlang‘ich tashkilot» ko‘rik-tanlovi to‘g‘risidagi Nizom» asosida amalga oshirildi.

Ko‘rik-tanlovda ishtirok etish maqsadida 100 dan ziyod boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlar foliyati Respublika komissiyasi tomonidan o‘rganilib, baholandi.

Respublika komissiyasi tanlovning tarmoq bosqichi g‘oliblarini aniqlashda jamoa shartnomalarini tarmoq kelishuvlariga moslashtirgan, ish beruvchilar bilan hamkorlikda ularning bajarilishiga erishgan,  bandlik va yangi ish o‘rinlarini yaratish, munosib ish haqi to‘lanishi,  xodimlar uchun xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarini yarata olgan, xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi mehnat munosabatlarida mehnat qonunlariga rioya etilishini ta’minlagan, faoliyatni ustav talablari va me’yoriy hujjatlar asosida to‘g‘ri va samarali tashkil etgan, ixtiyorlarida qoldirilgan mablag‘lardan tasdiqlangan smetalarga muvofiq maqsadli foydalanib, sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport ishlarini samaradorligiga e’tibor qaratdi.

Tahlillarga asosan, kasaba uyushma a’zolarining soni 100 nafardan ortiq bo‘lgan boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlar o‘rtasida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda 3 o‘rin “Elekromagnit  moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi (283 ball), “O‘zbektelekom” AK Qashqadaryo filiali (280 ball) boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlariga, ikkinchi o‘rin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalari agentligi “O‘zbekiston” nashriyot –matbaa ijodiy uyi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotiga (311 ball), birinchi o‘rin  “O‘zbektelekom” AK “O‘zmobayl” filiali boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotiga (334 ball) nasib etdi.

Kasaba uyushma a’zolarining soni 100 nafargacha bo‘lgan  boshlang‘ich tashkilotlar o‘rtasida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda “O‘zbektelekom” AK “Telekommunikatsiya transport tarmog‘i” filiali Ettinchi bog‘lamasi  (263 ball) hamda “O‘zbektelekom” AK “Telekommunikatsiya transport tarmog‘i” filiali Beshinchi bog‘lamasi (261 ball) boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari 3 o‘rinni,  AT “Aloqabank” Jizzax filiali boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti (265 ball) 2 o‘rinni, “Aloqaloyiha” davlat unitar korxonasi (295 ball) boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti 1 o‘rinni egalladi.

Mazkur ko‘rik-tanlovda g‘oliblik nasib etgan boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlarini  muborakbod etamiz.