Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiya aʼzolari “Oʻzbektelekom” AK va uning tizimida faoliyat yuritayotgan filiallar xodimlarini ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini taʼminlash maqsadida, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida belgilangan yangi miqdor va imtiyozlarni hamda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining jamoatchilik ekspert komissiyasi tavsiyalarini 2023-yil 1-mayidan boshlab amalda qoʻllash yuzasidan kelishib oldilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 28-oktyabrida imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-798-son qonuni 2023-yilning 30-aprelidan amalga kirishini inobatga olib, Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi ijtimoiy sheriklik tamoyili asosida, mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari hamda mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash, ularni bandligini taʼminlash, mehnat muhofazasi yoʻnalishidagi ishlar sifatini oshirish, xodimlar va ularning oila aʼzolari turmush farovonligini yaxshilash borasida ishlar tizimli ravishda olib borilmoqda.
Joriy yilning 10-11 aprel kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari ishtirokida «TATU yosh olimlari» I-forumi bo'lib o'tdi.
Bugun 8-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yangi, oʻzida 8 dan ortiq sport turlari bilan shugʻullanish imkoniyatini mujassam etgan, barcha zamon talablariga javob beradigan, zamonaviy Sport majmuasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Buxoro – qadimiy shaharlarimizdan biri boʻlib, islom olamida diniy va ilm-maʼrifat markazi sifatida tanilgan, “Buxoroi Sharif” deya ulugʻlangan boqiy shaharlarimizdan biri hisoblanadi.