Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”ni munosabati bilan universitet “Qalqon” jamoatchilik guruhi aʼzolariga tantanali ravishda guvohnoma va ishonch yorliqlarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Respublika "Qalqon" jamoatchilik guruhlar rahbari A.Qudratov, O'zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligi jamoasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jamoasi, rektor B.Maxkamov boshchiligidagi universitet rahbariyati, bo'lim boshliqlari, dekan va dekan o'rinbosarlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.