O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Sizni qutlaydi.
Tashkilotimiz O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga a’zo jamoat tashkilotidir.
Respublika kengashi kasaba uyushma a’zolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda manfatlarini ifoda etadi, ish beruvchilar bilan ijtimoiy sherikchilik tamoyillari asosida faoliyat olib boradi.
2021 yil 15 fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markazida AKMning 2020 yil yakuni bo‘yicha jamoa shartnomasining bajarilishi yuzasidan mehnat jamoasining hisobot yig‘ilishi hamda TSHAKM kasaba uyushmalari raislari uchun o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
2020 yil 29 dekabr kuni Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida bu yil “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilindi.
Joriy yilning 1 fevralidan boshlab belgilangan jadval asosida soha tizimidagi korxona va tashkilotlarda Tarmoq, Tarif kelishuvlari, Yagona jamoa shartnomasi va qo‘shma qarorlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahliliy-tanqidiy o‘rganilib, 2020 yil yakuni bo‘yicha jamoa shartnomalarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan mehnat jamoalarining konferentsiyalari o‘tkazilib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-4865-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, “O‘zbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasi Navoiy filiali Xatirchi hamda Nurota tuman telekommunikatsiya bog‘lamalarida “Buyuk mutafakkir ijodi kelajak avlod uchun bebaho meros” mavzusida Navoiyxonlik kechasi bo‘lib o‘tdi.
“O‘zbektelekom” AK “TShTT” filiali va uning tasarrufidagi bog‘lamalar xodimlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son farmoniga asosan sport musobaqalari tashkil etildi.