Aloqa sohasida mehnat qilib nafaqaga chiqqan yolg‘iz pensionerlar, kam ta’minlangan, nogiron va boquvchisini yo‘qotgan xodimlar holidan xabar olindi.
Muborak Ramazon oyida mehr-oqibat, hayr-sahovat, hamjihatlik va bag‘rikenglik kabi halqimizga xos azaliy qadriyatlar yanada keng namoyon bo‘lmoqda.
Shunday kunlarda "O‘zbekiston pochtasi" AJ Samarqand filiali va "O‘zbektelekom"AK Navoiy filiali ma’muriyati hamda kasaba uyushmasi tomonidan 7 may aloqachilar va 9 may xotira va kadirlash kunlari hamda Ramazon hayiti bayramlari arafasida yolg‘iz pensionerlar, kam ta’minlangan, nogiron va boquvchisini yo‘qotgan xodimlar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.