"RRTM" DUK rahbariyati hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan “7 may – Aloqachilar kuni”, 9 may — «Xotira va qadrlash kuni» va Ramazon Hayiti bayrami arafasida markaz xodimlarining Toshkent shahrida bunyod etilgan «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyiga tashrifi tashkil etildi.
Shuningdek, uzoq yillar korxonada samarali mehnat qilib kelgan, bugunda qarilik gashtini surayotgan bir guruh faxriylar holidan xabar olindi va ijtimoiy-ma’naviy ko‘mak ko‘rsatilib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.
Tashrifdan ko‘ngli tog‘dek ko‘tarilgan faxriylarimiz o‘zlaring minnatdorliklarini bildirib, duolar qildilar.