1895 yil 7 may kuni aloqachilar kasb bayramini nishonlanishiga asos bo‘ldi. Yillar o‘tib aynan shu kunni aloqachilar kasb bayrami nishonlash an’anaga aylandi.
7 may – bu yuz minglab aloqachilar, radiotexnik mutaxassislar, radio va televidenie kanallari xodimlari, pochta xizmatchilari, radiofizika fakulьtetlari o‘qituvchi va talabalarining bayramidir. Bu bayramni yana mamlakatimizda sodir bo‘layotgan muhim voqea-hodisalar haqida tezkor axborotlarni etkazib beruvchilarning ham kasb bayrami desak hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi.
Aloqachilarning har kungi mashaqqatli mehnatini munosib baholash oson ish emas. Bu, eng avvalo, doimiy mehnat, yangi vositalar va ma’lumotlar uzatishning turli usullarini ishlab chiqish hamda ulardan foydalanish demakdir.
Xurmatli aloka xodimlari!
Sizlarni 7 may - Aloqa va radio kuni bilan samimiy tabriklaymiz!
Xalqimizni uzog‘ini yaqin qilishdagi mashaqqatli va shu bilan birgalikda savobli ishlaringizda kuch –quvvatlar tilaymiz!
Baxtimizga doimo sog‘-salomat bo‘ling. Xonadoningizda hamisha tinchlik-xotirjamlik hukm sursin, baxt-soadatga, quvonochga, omadga to‘la bo‘lsin.
Sizlarga cheksiz Hurmat ila,
O‘zbekiston axborot texnologiyalari
va ommaviy kommunikatsiya xodimlari
kasaba uyushmasi Respublika kengashi jamoasi