”SOG‘LOM ONA - SOG‘LOM OILA”

Barchamizga ayonki hozirda yurtimizda sportga katta e’tibor qaratilmoqda. Ayollarni sportga jalb qilish, ularni sport soxasida yurtimiz ravnaqini yanada yuksaltirish, jismoniy salohiyati yuqori ruxiy tetik qilib tarbiyalash, shu jumladan, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun davlatimiz tomonidan bir qancha imkoniyatlar yaratildi.

“Sog‘ tanada sog‘lom aql” deydi dono xalqimiz. Sport nafaqat jismoniy yuksalish, balki ma’nan etuklikka chorlaydi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayolni tashqi ko‘rinishiga shu bilan bir qatorda kayfiyatiga ham ta’siri katta desak adashmagan bo‘lamiz.

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Hotin-qizlar kengashi, ”Jismoniy tarbiya” kafedrasi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorlikda ”SOG‘LOM ONA - SOG‘LOM OILA” shiori ostida universitetning ayol professor o‘qituvchilari va ayol ishchi xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi. Ayol professor-o‘qituvchilar va bo‘lim xodimlari musobaqalarda faol ishtirok etdilar. Voleybol, badminton, stol tennisi va shaxmat bo‘yicha ayollar o‘zaro bellashdilar. Voleybol bo‘yicha bellashuvlar fakulьtetlararo bo‘lib o‘tdi.

Bellashuv sport murabbiylari tomonidan baholab borildi. Musobaqa g‘oliblari universitet kasaba uyushmasi tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandilar.