O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Sizni qutlaydi.
Tashkilotimiz O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga a’zo jamoat tashkilotidir.
Respublika kengashi kasaba uyushma a’zolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda manfatlarini ifoda etadi, ish beruvchilar bilan ijtimoiy sherikchilik tamoyillari asosida faoliyat olib boradi.
“O‘zbektelekom” AK Navoiy filialida 28 aprel "Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan “Inqirozni ko‘ra bilib, tayyorgarlik ko‘rish va unga qarshi kurashish-barqaror xavfsizlik tizimlariga sarmoya kiritish” mavzusida videokonferents aloqa tizimi orqali filial boshqaruv apparati, shahar va tuman telekommunikatsiya bog‘lamalari xodimlar ishtirokida davra suxbati o‘tkazildi.
A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi xamkorligida VelolibKvest intellektual-sport musobaqasi o‘tkazildi.
"O‘zbekiston pochtasi" AJ Navoiy filiali kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 2021 yil 3 aprel kuni 55 nafar xodimlarni Buxoro viloyatidagi tarixiy joylarga sayoxati tashkil etildi.