Yaxshi dam - mehnatga hamdam

Jamoaviy dam olish mehnat jamoalari uchun nafaqat birgalikda maroqli vaqt o‘tkazish, balki xodimlarni rag‘batlantirish va birlashtirishning samarali vositasidir. Bunday tadbirlar tufayli ish samaradorligi oshadi, tashkilot muhiti yaxshilanadi va xodimlar aro munosabatlar yanada mustahkamlanadi.

Shu kabi omillarni inobatga olgan holda, "UNICON.UZ" - Fan- texnika va marketing tadqiqodlari markazi davlat unitar korxonasi Kasaba uyushmasi va rahbariyati tomonidan xodimlar uchun esda qolarli jamoaviy hordiq tashkillashtirildi. Tadbir 19-20 iyun kunlari Bo‘stonliq tumani, Oq-tosh yonbag‘ridagi "Nilufar" dam olish zonasida bo‘lib o‘tdi.

Markaz xodimlari Ilm.uz, M-Kas, Unitest, Qalqon, Iqtisodchi jamoalariga bo‘linib, turli sport bellashuvlarida ishtirok etishdi. Shartlar murakkab bo‘lishiga qaramay, ishtirokchilar ularni maroq bilan bajarishdi. Qizg‘in ruhda o‘tgan musoqada Ilm.uz jamoasi birinchilikni qo‘lga kiritdi. Qalqon jamoasi ikkinchi, Unitest esa uchinchi o‘ringa ega bo‘ldi. Hordiq turli musobaqalar va o‘yin-kulgu bilan davom etdi. Jumladan, “Boylangan oyoqlar”, “Futbolka kiyish”, “Quvnoq suv estafetasi”, “Dengiz qaroqchilari” kabi o‘yinlar uyushtirildi. Tanlovda ishtirok etgan jamoalar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Dushanba yangi kuch bilan tetik holda ishga qaytish uchun shahar shovqinidan holi tinch muhit, tog‘ havosi va ko‘tarinki kayfiyat ayni muddao bo‘ldi.