Korxonada kitob bayrami

Yaqinda "UNICON.UZ" - Fan- texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasida kitob yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir "UNICON.UZ DUK "Ma’naviy – ma’rifiy ishlar" dasturi doirasida korxona ishchi xodimlarining ma’naviy intellektual salohiyati va dunyoqarashini, kitob mutolaasi madaniyatini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.

“Sharq ziyokori” nashriyot-matbaa ijodiy uyi hamkorligida uyushtirilgan ushbu yarmarkada badiiy, ilmiy va jahon adabiyotining nodir asarlari, bolalar adabiyoti va turli janrlarda chop etilgan kitoblar savdosi bo‘lib o‘tdi.

Yarmarka haqiqiy kitob bayramiga aylanib ketdi. Ishchi-xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlar bilan tanishdilar va xarid qildilar. O‘zlari o‘qigan kitoblar borasidagi suhbatlarda ular ishdan bo‘sh vaqtlarida albatta kitob mutolaa qilishga kelishib oldilar.