Muhammad al – Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida samarali mehnat qilib kelayotgan xodimlar uchun Samarqand shahriga sayohat tashkil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5326-son Farmoni ijrosini bugungi kunda barcha korxonalar tomonidan ta’minlanayotganligi ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka etkazib kelinmoqda. Viloyatlardagi tarixiy obidalarni o‘rganish bilan bir qatorda viloyatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishlarni, shuningdek ichki turizm uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan ommani tanishtirish yaxshi yo‘lga qo‘yilganligiga guvoh bo‘ladi inson.
«O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha Muhammad al – Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan samarali mehnat qilib kelayotgan xodimlar uchun 2021 yil 19 iyunь kuni Samarqand shahriga sayohat tashkil qilindi. Ulug‘bek rasadxonasi, Ho‘ja Doniyor maqbarasi, Go‘ri Amir maqbarasi, Registon maydoni, Bibixonim masjidi, Islom Karimov uy muzeylari ziyorat qilindi.
Shuningdek, universitetning Samarqand filiali xodimlari bilan uchrashuv tashkil qilindi.