Futzal bo‘yicha ko‘chma kubok sport musobaqasiga start berildi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining futzal bo‘yicha ko‘chma kubogi sport musobaqasiga start berildi

Sport – sog‘liq garovi va do‘stlik elchisidir. Shu bois Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar, ayniqsa yosh mutaxassislar,  rahbarlar hamda katta yoshdagi xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ommaviy sport turlari bo‘yicha musobaqalarini yanada ommalashtirish borasida qator sport musobaqalarini tashkil etib kelmoqdalar.

Jumladan, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar xodimlaridan tuzilgan terma jamoalar o‘rtasida mini futbol (futzal) bo‘yicha ko‘chma Kubok uchun respublika musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish va yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash hamda mazkur musobaqani ta’sis etilganligini 20 yilligini munosib nisholash yuzasidan Tashkiliy qo‘mita a’zolarining bildirgan fikr-mulohazalari asosida 2021 yilning 7 iyunida qaror qabul qilinib, tizimiga kiruvchi aktsiyadorlik jamiyat, kompaniya, korxona, tashkilot va muassasalar xodimlaridan tuzilgan terma jamoalar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha ko‘chma Kubok uchun respublika musobaqalarining saralash o‘yinlari joriy yilning iyunь-iyulь oylarida karantin talablariga qa’tiy amal qilgan holda hududlararo o‘tkazilishi belgilandi.

Shuningdek, Respublika kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2021 yil 29 martdagi “Axborot texnologiyalari sohasida mini futbol (futzal) bo‘yicha ko‘chma Kubok uchun muntazam o‘tkazib kelinayotgan musobaqalarni yanada samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi  161/02-46 “o” sonli qo‘shma buyruq-qarori bilan  musobaqaning yangi taxrirdagi Nizomi tasdiqlandi.

Terma jamoa tarkibi tasdiqlangan Nizom asosida hududdan kamida 3 ta korxonadan bo‘lishi hamda musobaqaning “Saralash” o‘yinlari Urgench (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati jamoalari), Navoiy (Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlari jamoalari), Qarshi (Surxandaryo va Qashqadaryo viloyatlari jamoalari), Farg‘ona (Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyati jamoalari), Jizzax (Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyati jamoalari), Toshkent  (o‘tish turnirida shaharning 16 ta jamoasi,  saralash turnirida 8 ta jamoa) shaharlarida o‘tkazilishi  belgilandi.

Bu yilgi musobaqa har yildagidan o‘zgacha bo‘lishi aniq, chunki 20 yillik finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun jamoalar o‘zlarining shiddatli  o‘yinlarini namayon etgan holda g‘oliblik supasiga chiqib, o‘yinlar natijasiga ko‘ra finalda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar.

Yakuniy respublika musobaqasi 2021 yil avgust oyida hamda 11 noyabr “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan Vazirlik tizimidagi aktsiyadorlik jamiyat, kompaniya, korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlari hamda katta yoshdagi xodimlardan tuzilgan terma jamoalar o‘rtasida mini futbol (futzal) bo‘yicha ko‘chma Kubok uchun respublika musobaqalari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida o‘tkaziladi.

Mini futbol (futzal) bo‘yicha ko‘chma Kubok uchun bellashadigan barcha jamoalarga musobaqalarga karantin talablariga to‘liq rioya etgan holda tayyorgarlik ko‘rishni yana bir bor eslatib o‘tgan holda g‘oliblik supasiga ko‘tarilishda omad tilaymiz. 

 

Tashkiliy qo‘mita.