O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Sizni qutlaydi.
Tashkilotimiz O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga a’zo jamoat tashkilotidir.
Respublika kengashi kasaba uyushma a’zolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda manfatlarini ifoda etadi, ish beruvchilar bilan ijtimoiy sherikchilik tamoyillari asosida faoliyat olib boradi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va tarmoq kasaba uyushmasi Ustavlarida kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlar har 5 yilda bir marta o‘tkazilishi, kasaba uyushma organlari 5 yil muddatga saylanishi belgilab qo‘yilgan.
“COSCOM” MChJda kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot-saylov konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi vakillari hamda kompaniya boshlang‘ich tashkilotlarining delegatlari ishtirok etdi.
2020 yil 17 fevral kuni Muxammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filialida O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 6 dekabrdagi O‘RQ-588 son “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonunining Samarqand viloyati aloqa korxonalari xodimlari o‘rtasida tushuntirish va targ‘iboti bo‘lib o‘tdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun viloyatdagi soha tashkilot va korxonalar tomonidan reja asosida master klasslar, seminar-uchrashuvlar o‘tkazilishi samarali yo‘lga qo‘yilgan.