2020 yil 9 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida turizm va sport sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusi yildagi vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar asosida 2020 yilning 15 dekabridan 2021 yilning 15 yanvariga qadar Samarqand viloyatida “Turizm oyligi” e’lon qilingan.
“O‘zbektelekom” AK Samarqand filiali kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan “Ichki turizm oyligi” doirasida joriy yilning 20 dekabr kuni 50 nafar soha xodimlari va ularning oila a’zolari Samarqand viloyatining muqaddas qadamjolariga ziyorati uyushtirildi. Sayohatchilar zyorat davomida Amir Temur maqbarasi, Maxdumi A’zam ziyoratgohi, Imom al Buxoriy ziyoratgohi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Xo‘ja Doniyor maqbarasi hamda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov maqbarasiga tashrif buyurib, ularning tarixi bilan yaqindan tanishishdi.
Bir olam taasurot bilan qaytgan soxa xodimlari va ularning oila a’zolari filial ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.