O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Sizni qutlaydi.
Tashkilotimiz O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga a’zo jamoat tashkilotidir.
Respublika kengashi kasaba uyushma a’zolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda manfatlarini ifoda etadi, ish beruvchilar bilan ijtimoiy sherikchilik tamoyillari asosida faoliyat olib boradi.
Mamlakatimizda kechayotgan yangilanish va o‘zgarishlarda eng katta jamoat tashkiloti bo‘lmish kasaba uyushmalarining ham munosib hissasi bor. O‘tgan besh yil kasaba uyushmalari hayotida tub burilishlar davri bo‘ldi. Ayni paytda soha tizimida 230 boshlang‘ich tashkilot faoliyat ko‘rsatib, ularda 65 ming nafardan ziyod a’zo mehnat qilayotir.
Inson bajarayotgan ishidan ko‘ngli to‘q, ish joyida har tomonlama himoyada bo‘lsa, unga xavfsiz mehnat sharoiti yaratib berilsa, faoliyati ham shunga yarasha samarali bo‘ladi. Axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmalari bu borada qator ishlarni amalga oshirib kelyapti. Avvalo, hali himoyaga olinmagan tizimdagi tashkilotlar kasaba uyushmalariga jalb etilyapti. Joriy yilning o‘tgan davrida 35 ta tashkilot kasaba uyushma xizmatiga olinib, a’zolar soni 1394 nafarga oshdi.
Mamlakatimizda kasaba uyushmalari tarixiga 115 yil bo‘ldi. Mustaqil O‘zbekistonda esa kasaba uyushmalari tuzilganiga 30 yil to‘ldi. Bu davrda kasaba uyushmalari faoliyatida ko‘tarilishlar va pasayishlar yuz berdi, lekin hech qachon dolzarbligini yo‘qotmadi.
11 noyabr – “Kasaba uyushmalari kuni” arafasida vazirlikning Navoiy va Jizzax viloyatlari hududiy boshqarmalari hamda Respublika kengashining hudud bo‘yicha kuratorlari hamkorligida soha yoshlari uchun zamonaviy axborot texnologiyalari qurilmalari ishlab chiqaruvchi korxonalarga ekskursiya tashkil etildi.
2021 yil 21-oktabr kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida “Saylov – 2021” uning tarixi va ahamiyati to‘g‘risida siyosiy soat bo‘lib o‘tdi.