Bugun kasaba uyushmasi tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati va xodimlar bilan "Ochiq muloqot" davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan berilgan takliflar va savollarni o‘rganib chiqish, muammolarni yechimini izlash hamda kelajakda universitetni nufuzini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, bugungi kunda universitetda moliyaviy mustaqillikka o‘tish davrida olib borilayotgan ishlar ko‘lami va rejalari to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tildi.