"O‘zbektelekom" AK Samarqand filiali xodimlari uchun Toshkent shahri va viloyatiga sayohat tashkil etildi.
Ishchi-xodimlardan tushgan takliflarni inobatga olib, "Toshkent-Amirsoy" dasturi doirasida joriy yilning 15-16 yanvar kunlari "O‘zbektelekom" AK Samarqand filialining shahar va tuman telekommunikatsiya bog‘lamalarida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarining 50 nafari hamda 29-30 yanvar kunlari 51 nafari uchun sayohat tashkil etildi.
2 kunlik sayoxatning 1-kuni Toshkent shahrining “MAGIC CITY”, “ICE CITY”, "G‘alaba bog‘i" va “Tashkent city” da bo‘lishdi.
2-kuni “AMIRSOY”-tog‘ chang‘i kurortida miriqib dam olishdi.
Barcha ishchi-xodimlar a’lo kayfiyatda, sayoxatdan katta taassurot bilan qaytishdi. Ushbu sayoxatni tashkil etgan filial ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasiga o‘z minnatdorliklarini bildirishdi.
Nazokat Maxmudova
“O‘zbektelekom” AK Samarqand filiali
kasaba uyushma qo‘mitasi raisi