O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Sizni qutlaydi.
Tashkilotimiz O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga a’zo jamoat tashkilotidir.
Respublika kengashi kasaba uyushma a’zolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda manfatlarini ifoda etadi, ish beruvchilar bilan ijtimoiy sherikchilik tamoyillari asosida faoliyat olib boradi.
“O‘zbektelekom” AK Jizzax filiali yoshlari va Filial kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zolari o‘rtasida bir qator sport musobaqalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda “Zakovat” intellektual viktorinasi o‘tkazildi.
Bugun A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot kutubxona markazi kasaba uyushmasi va Samarqand viloyat Milliy Gvardiya boshqarmasi hamkorligida mutaxassis va xizmatchilar oʻrtasida “Bir boʻlsak-yagona xalqmiz, birlashsak- Vatanmiz” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi.
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda bolalar sogʻligʻini mustahkamlash va tiklash, yozgi taʼtillari davrida ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
“O‘zbektelekom” AK "O‘zmobayl" filialining yosh xodimlari afsonaviy Counter Strike 1.6 o‘yini bo‘yicha eSPORTS chempionatida o‘zlarining hayajonlari va jamoaviy ruhlarini namoyish etdilar. Bu barcha virtual o‘yinlarni sevuvchilar uchun haqiqiy bayram bo‘ldi.
Bolalik—hayot ummonining musaffo sarchashmasi. Boisi, u har bir murgʻak qalb uchun tashvishlardan yiroq, ezgulikka toʻla lahzalardir. Aslida oʻsib kelayotgan yosh avlodni himoya qilish zamirida hayotni, uning davomiyligini asrab-avaylash mohiyati yotadi. Ular toʻgʻrisidagi har qanday gʻamxoʻrlik esa yurt ravnaqi uchun qoʻyilayotgan mustahkam poydevor demakdir.