Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi
O'zbekiston Respublikasining Hukumat portali
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Portali
Raqamli texnologiyalar vazirligi
O'zbekiston Milliy qonunchilik bazasi


2025-yil 11–12-oktabr kunlari, "IT Park Uzbekistan" va "IT Park Capital" jamoalari O‘zbekistonning eng go‘zal va tarixiy shaharlaridan biri — Buxoroda ikki kunlik sayohatda bo‘lishdi.
Bu safar nafaqat samarali haftadan keyingi dam olish, balki ichki turizmni rivojlantirishga ham o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘ldi.
Biz Buxoroning betakror muhitiga sho‘ng‘idik: Labi Hovuz, Ko‘sh Madrasasi, Poi Kalon, Ark, Bolo Hovuz, Chashmai Ayyub, Somoniylar maqbarasi, Mohi Hosa saroyi, Chor Bakr va Bahouddin Naqshband majmuasi bizni o‘zining tarixiy nafasiga rom etdi.
Shuningdek, shaharning zamonaviy ruhini his etish uchun Biennale san’at festivaliga tashrif buyurib, ijod, musiqa va milliy san’at uyg‘unligini tom ma’noda his etdik.
Bu safar — shunchaki sayohat emas. Bu — ajdodlar merosiga hurmat, milliy qadriyatlarga qaytish, va jamoaviy birlikni yanada mustahkamlash edi. Biz o‘tgan asrlar davomida yaratilgan buyuk tarixdan ilhom oldik, Buxoro oshxonasining betakror ta’mini totib ko‘rdik va o‘z yuragimizda faxr tuyg‘usini yanada kuchaytirdik.
Bunday safarlar bizga yurtimiz go‘zalligini kashf etish, ichki turizmni qo‘llab-quvvatlash va eng muhimi — bir jamoa sifatida yangi xotiralar yaratish imkonini beradi. Chunki biz bilamiz: tarixni o‘rganish — kelajakni anglashning eng go‘zal yo‘lidir.