Ustozlarga ehtirom: bayram arafasida uch avlod uchrashuvi o‘tkazildi

Ustoz – inson hayotidagi eng buyuk yo‘l ko‘rsatuvchidir. Jadal rivojlanayotgan har bir soha taraqqiyotida esa ustoz maqomiga erishgan tajribali faxriylarning o‘rni beqiyosdir.

Shu bois, 1-oktyabr – Ustozlar va murabbiylar kuni munosabati bilan “O‘zbektelekom” AK Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan sohaga ko‘p yillik mehnati va tajribasi bilan hissa qo‘shgan faxriylar, faol xodimlar hamda yosh mutaxassislar ishtirokida uch avlod uchrashuvi tashkil qilindi.

Uchrashuv Avvalida Kompaniya Boshqaruv raisining davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlar bo‘yicha o‘rinbosari Mardon Berdiklichev va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Yadgar Tulyaganov so‘z olib, faxriy ustozlar bosib o‘tgan yo‘l va ular mehnatining samarasini alohida e’tirof etishdi. Shundan so‘ng, Kompaniya Yetakchilar kengashi raisi Murodjon Raximov tadbir ishtirokchilariga sohada erishilgan muvaffaqiyatlar va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar xususida batafsil ma’lumot berdi.

 Tadbir yakunida faxriy xodimlarga Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan bayram sovg‘alari taqdim etildi. Uchrashuv ishtirokchilari ustozlar mehnati, soha rivojiga qo‘shgan hissasi faoliyatlar taraqqiyotiga xizmat qilayotganligini alohida ta’kidladilar.

 

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati