O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasining Ustaviga muvofiq, Qurultoy oliy rahbar organi hisoblanib, har besh yilda bir marotaba o‘tkaziladi.
2020 yil 27 avgust kuni “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish instituti” nodavlat ta’lim muassasasi konferentsiya zalida onlayn videokonferentsiya aloqa tizimi orqali O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi IX- Qurultoyi o‘tkazildi.
Karantin cheklovlariga kat’iy amal qilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi “Hududiy studiya”larda 41 nafar delegat hamda Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi 31 nafar delegat “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish instituti” nodavlat ta’lim muassasasi Markaziy studiyada hamda “O‘zbektelkom” AK malaka oshirish filiali studiyalarida 24 nafar delegat onlayn shaklida O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi IX- Qurultoyida ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sadikov Qurultoy ishtirokchilarini tabriklab sohada amalga oshirilgan ijobiy ishlar to‘g‘risida ma’lumot hamda kasaba uyushmasi a’zosi sifatida Respublika kengashining hisobot davridagi faoliyatiga qoniqarli baho berdi.
Qurultoy kun tartibidagi asosiy masala O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2015 yil avgust oyidan 2020 yil avgust oyigacha bo‘lgan faoliyati va kelgusi davrdagi strategik vazifalari delegatlar diqqatiga havola etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasining Taftish komissiyasi tomonidan hisobot davrida Ustav talablari va belgilangan me’yoriy hujjatlar asosida olib borgan faoliyati to‘g‘risidagi hisobot muhokama etildi.
Shu bilan bir qatorda, Qurultoy ishida O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasining 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan Harakat Dasturi hamda Ustavga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar loyihalari yuzasidan delegatlar tomonidan bildirilgan taklif va fikrlar negizida tegishli qarorlar qabul qilindi.
Qurultoy kun tartibida tashkiliy masalalar ham ko‘rib chiqilib, yangi muddatga 41 nafardan iborat Respublika kengashi va 5 nafardan iborat Taftish komissiyasi a’zolari saylandi.
Qurultoy so‘ngida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining navbatdagi Qurultoyiga delegatlar hamda Kengash tarkibiga vakillar saylab olindi.
Qurultoy delegatlariga havola etilgan ma’ruzada hisobot davrida tizimdagi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari faoliyatlarida erishilgan yutuqlar barobarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga ham alohida to‘xtab o‘tildi.
Hisobot ma’ruzasida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflar belgilab olindi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan qator delegatlar so‘zga chiqib, kelgusi faoliyatni yanada takomillashtirishga doir fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Qurultoy kun tartibida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi, delegatlar tomonidan ochiq ovoz berish orqali Respublika Kengash raisi etib Asror Ishanxodjaev saylandi,
Respublika kengashining 1-tashkiliy Majlisida Respublika kengashi raisi o‘rinbosari etib Anvar Axmedov va 11 nafardan iborat Ijroiya qo‘mita a’zolari saylandi.