Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi
O'zbekiston Respublikasining Hukumat portali
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Portali
Raqamli texnologiyalar vazirligi
O'zbekiston Milliy qonunchilik bazasi


Musobaqa O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda koʻchma kubok taʼsis etilganligining 25 yilligiga bag‘ishlandi. Musobaqa 14–17-noyabr kunlari o‘tkazildi.
Toshkent viloyati, Nurаfshon shahridagi “Cyber university” sport zalida Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bilan hamkorlikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi korxonalardan jami 16ta jamoa tarkibida 160 nafar xodimlar ishtirokida Vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan korxonalar xodimlaridan tuzilgan terma jamoalar oʻrtasida mini futbol (futzal) boʻyicha 25-koʻchma Kubok uchun respublika musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning yuqori saviyada o‘tkazilishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi.
Musobaqa g‘oliblariga sovrinlarni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov topshirdi.
Ushbu musobaqa xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy ruhni oshirish va raqamli texnologiyalar sohasidagi korxonalarni birlashtirishga xizmat qilmoqda.