“Nilufar” dam olish maskanid xodimlar uchun madaniy va maʼrifiy, sport-sogʻlomlashtirish hamda koʻngilochar tadbirlar tashkil etildi.
“OʻzTTBRM” DUK bilan Kasaba uyushmasi qoʻmitasi oʻrtasida 2022-yilga moʻljallangan oʻzaro xamkorlik va ijtimoiy sheriklik boʻyicha qoʻshma tadbirlar rejasiga muvofiq, joriy yilning 7-8-dekabr kunlari, togʻ yon bagʻridagi “Nilufar” dam olish maskanid xodimlar uchun madaniy va maʼrifiy, sport-sogʻlomlashtirish hamda koʻngilochar tadbirlar tashkil etildi.
Jumladan, korxonaning xodimlarni sogʻlom-turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish boʻyicha 2022-yil uchun chora-tadbir rejasiga muvofiq xodimlari ishtirokida stol tennisi va shashka musobaqalari tashkillashtirildi. Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlar kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligini, 30 yilligi munosabati bilan korxona yoshlariga Konstitutsiya mohiyati, uning jamiyatdagi oʻrni va asosiy prinsiplarini tushuntirish boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi.