TATU KUBOGI

Dunyoda futbol musobaqasi bo'lib turgan bir paytda 24-25 noyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining sport majmuida TATU KUBOGI musobaqasi bo'lib o'tdi.

Unda  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU universiteti hamda universitetning Nukus, Qarshi, Nurafshon, Samarqand, Urganch, Farg'ona filiallari hamda akademik litseyi jamoalari ishtirok etdilar.

G'oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.