O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish instituti nodavlat ta’lim muassasasida tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari uchun besh kunlik o‘quv mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlar interaktiv usulda tashkil etilib, unda mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida kasaba uyushmalarining vazifalari, ijtimoiy sheriklik, Bosh kelishuv, tarmoq, hududiy kelishuvlar va jamoa shartnomalari, kasaba uyushmasi a’zolik badallarini taqsimlash, kasaba uyushma byudjeti mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablari va “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonun hamda mehnat inspektsiyasiing faoliyati to‘g‘risidagi taqdimotlarga alohida urg‘u berildi.
Shuningdek, korxonalarda mehnat nizolari bo‘yicha Komissiyalar faoliyatini tashkil etish va olib borishning huquqiy asoslari, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarni rejalashtirish, ish joylarida qulay sharoitlar yaratish va baxtsiz hodisalarni oldini olishda kasaba uyushmalarining vazifalari., bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish borasida kasaba uyushmalarining vazifalari xaqida baxs-muzokalar olib borildi.
Mashg‘ulotlar so‘ngida 5 kun davomida o‘tilgan mavzular bo‘yicha test sinovlaridan a’lo darajada o‘tgan 33 nafar tinglovchilarga guvohnomalar topshirilishi qatorida, asosiy e’tiborni xodimlarni huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy himoyasini ta’minlash, munosib mehnat sharoitini yaratishga qaratish hamda madaniy-ma’rifiy, sport-sog‘lomlashtirish ishlariga e’tiborni qaratish borasida qator vazifalar topshirildi.