Bugun, 23 sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining yangi o‘quv binosini ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Yangi o'quv binosini ochishdan maqsad bugungi kunda nafaqat Respublikamizda balki butun jahonda texnologiya shiddat bilan rivojlanib bormoqda.
Munosib kadrlarni yetkazib berishda TATUni o'rni alohidadir, shuningdek, universitetda talabalarni amaliy va nazariy ko'nikmalarni egallashiga alohida e'tibor qaratilgan.
Fikrimizning isboti sifatida aytish mumkinki, so'nggi innovatsiya yangiliklari asosida qurilgan, jahon standartlariga bemalol javob bera oladigan "Kompyuter injiniringi" fakultetini yangi o'quv binosini ochilishi universitetimiz hayotidagi ajoyib yangiliklardan biri bo'ldi.
Bu yoshlarning so‘nggi yillarda IT sohasiga qiziqishi ortganidan dalolat beradi. Yangi o‘quv binosini ishga tushishi natijasida 1500 nafar talaba zamonaviy sharoitda ta'lim olish imkoniga ega bo‘lishdi.