"O‘zbekiston MTRK spartakiadasi" oyligi

27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi markaziy teleradiokanallar va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirokida "O‘zbekiston MTRK spartakiadasi" oyligi doirasida sportnining bir nechta turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Ko‘tarinki ruhda boshlangan musobaqalar, shiddatli o‘yinlar bilan bir qatorda bayramona davom etgani bilan alohida ajralib turdi.

Musobaqalar yakuniga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar, shuningdek, bir qator nominatsiyalar g‘oliblari aniqlandi.

- Basketbol 3x3 (Stritbol) sport turi bo‘yicha:

Ayollar o‘rtasidagi bahslarda "Sport" telekanalining jamoalari kuchli uchlikni, erkaklar o‘rtasidagi musobaqada "Respublika teleradiomarkazi" DM jamoasi 1-o‘rinni, "O'zbekiston MTRK Mediamarkazi" DM jamoasi 2-o‘rinni va "Madaniyat va ma'rifat" telekanali jamoasi 3-o‘rinni egallashdi;

- Volleybol sport turi bo‘yicha:

Ayollar o‘rtasidagi bahslarda "O'zbekiston MTRK Mediamarkazi" ayollar jamoasi 3-o‘rinni, "Sport telekanali" ayollar jamoasi 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, natijalari yuqori bo‘lgan "Yoshlar teleradiokanali" ayollar jamoasi musobaqa g‘olibi deya e’tirof etildi;

Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda "Madaniyat va ma'rifat" telekanali hamda "Maxsus avtokorxona" jamoalari 3-o‘ringa loyiq deb topilgan bo‘lsa, musobaqa finalida kuch sinashgan "Sport" telekanali jamoasi 2-o‘rinni, "Yoshlar" teleradiokanali jamoasi esa 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, shaxmat-shashka bo‘yicha hamda O‘zbekiston MTRK, "Sport" telekanali va O‘zbekiston Badminton federatsiyasi hamkorligida sportning badminton turi bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan musobaqalarda turli yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblar va eng faol ishtirokchilar aniqlandi. Eng muhimi sport orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda tizimdagi barcha xodimlar munosib hissa qo‘shishdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Barcha musobaqalar kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etildi.