Ayni paytda kasaba uyushmalari tomonidan ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlashga ko‘maklashish davr talabi hisoblanadi.
Shu boiz, bugungi kunda kasaba uyushmalari tomonidan aholi farovonligi va real daromadlarining izchil o‘sishini hamda bandlikni ta’minlash, xodimlarni ijtimoiy nochor qatlamini, kam ta’minlangan oilalarni manzilli ijtimoiy himoya qilish qatorida yangi ish o‘rinlari yaratilishiga e’tibor berildi.
Axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish tizimidagi korxonalarda kasaba uyushma tashkilotlari hamda kengash xodimlari tomonidan mehnat bozorida yuz berayotgan jarayonlarni hisobga olgan holda fuqarolarning mehnat qilish, ishni erkin tanlash, ishsizlikdan himoya qilinish borasidagi huquqlarini amalga oshirishga ko‘maklashish, yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yilgan.
Jumladan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya Qo‘mitasining 2021 yil 25 fevraldagi 2-27 “s” son qarori asosida O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi “O‘zbekiston pochtasi” AJ bilan o‘zaro hamkorlik Kelishuvini imzoladi. Olib borilgan sa’y xarakatlar negizida o‘tgan davr mobayinida xududlarning eng chekka maxalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi aholiga quylay kurьerlik xizmatlarini joriy etilishi bilan jami 31 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi, ushbu maqsadlarga jamiyat mablag‘i hisobidan 99,3 mln. so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Yaratilgan ish o‘rinlari Namangan, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm, Samarqand, Navoiy, Jizzax viloyatlari hamda Toshkent shahrida tashkil etildi.
Viloyat markazlaridan kamida 60-150km uzoklikda joylashgan Qorovulbozor, Qarako‘l, Shofrikon, Zomin, Kitob, Kasbi, Shaxrisabz, Nurota, Mingbuloq, Namangan, Uchqo‘rg‘on, Kosonsoy, Paxtachi, Qo‘shrabot, Oltinsoy, Xonka, Gurlan, Urgench kabi tumanlarning pochta aloqa bo‘limalarida yaratilgan yangi ish o‘rinlariga ishga qabul qilingan jami xodimlarning 11 nafari ayollarni va 12 nafari 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni tashkil etmoqda.
Yaratilgan ish o‘rinlariga qabul qilingan mutaxassislarga qulay sharoit yaratish, ular tomonidan amalga oshiriladigan pochta xizmatlar turlarini yuqori saviyada bo‘lishini ta’minlash maqsadida esa Ish beruvchilar tomonidan texnika vositalari (kompьyuter, terminal, skuter hamda velosoped) topshirildi.
Endilikda mazkur xududlardagi aholi pochta – kur’erlik jo‘natmalari yoki turli xil maqsadlardagi pul o‘tkazmalarini amalga oshirish uchun markaz tomon uzok muddat yo‘l bosib o‘tmaydilar, o‘z hududlarida juda qisqa vaqt ichida pochta aloqa bo‘limi orqali talabini qonidirish imkoniga ega bo‘ldilar.
Shu o‘rinda, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga jalb etilgan xodimlar 3,4,6,8 va 9 razryadlarda faoliyat yuritib, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda aholi uchun yuqori saviyadagi kur’erlik xizmatini bajarish qatorida oilasi byudjetiga qo‘shayotgan hissasidan mamnundir.
Bundan tashqari, har bir yaratilgan yangi ish o‘rinlariga qabul qilingan xodimlar kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan jamoa shartnomasi, lokal hujjatlar bilan tanishtirish qatorida dastlabki tibbiy ko‘rikdan va mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqdan o‘tkazilib, mahsus kiyim-bosh, shaxsiy himoya vositalari hamda sut va unga tenglashtirilgan oziq-ovqat bilan ta’minlab kelinmoqda. Bayramga tufha sifatida yangi ish o‘rinlarini yaratish, xodimlar va aholiga qulay sharoitni yaratish borasidagi ishlar davom etmoqda.