VelolibKvest intellektual-sport musobaqasi

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi xamkorligida VelolibKvest intellektual-sport musobaqasi o‘tkazildi.

VelolibKvest intellektual-sport jamoaviy o‘yin musobaqasi 2021 yil 20 aprel kuni axborot-kutubxona markazi yosh xodimlari va faol kitobxonlar o‘rtasida tashkil etildi. Unda 3 nafardan jami 6 kishi  2 jamoa bo‘lib ishtirok etishdi. ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar  yoshi 18 yosh va undan kattalar bo‘lishi, velosped haydash va yo‘l qoidalarini bilishi,  musobaqa marshrutlari bilan tanish bo‘lishi belgilandi. 

Musobaqaga start berilgan joydan A.Temur maqbarisigacha velosipedda etib borib jamoadan hamma etib kelgandan so‘ng birlashib, konvert ichidagi  tarixga oid savollarga tez va lo‘nda javob berish, yo‘lda uchragan bir kutubxonaga kirib fondan kerakli ma’lumotni tez topishi hamda jamoa bo‘lib finishga velospedda etib kelib “Mening sevgan kutubxonam” mavzusida o‘z fikr mulohazalarini xakamlarga bayon etishdan iborat bo‘ldi.

G‘olib jamoaga AKM ma’muriyati tomonidan faxriy yorliqlar va   kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan estalik sovg‘alar taqdim etiladi.