“O‘zbektelekom” AK “TShTT” filialining 50 nafar xodimlarining Buxoro shahriga sayohatlari tashkil etildi.
“O‘zbektelekom” AKning 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan Yagona jamoa shartnomasining 12.1.3. bandiga asosan Respublikaning tarixiy yodgorliklar mavjud bo‘lgan shaharlariga turistik sayohatlar uyushtirish, mamlakatimizda turizmni izchil rivojlantirish istiqbollari, sayyohlik ob’ektlaridan samarali foydalanish, yurtimizning diqqatga sazovor joylariga sayyohlik ko‘lamini oshirish maqsadida joriy yilning 3-4 aprelь kunlari o‘z tajribasi va malakasi orqali filial jamoasida obro‘-e’tiborga sazovor, mehnatsevar, berilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajaradigan, jamoa ishlarida faol qatnashadigan, sofdil, kamtarin bo‘lgan 50 nafar ishchi-xodimlarga "Afrosiyob" poezdida Buxoro shaxriga sayohat tashkillashtirildi.