Joriy yilning 25 yanvar kuni Oʼzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining VI-Majlisi va navbatdagi Rayosat yigʼilishi boʼlib oʼtdi.
Majlisni Respublika kengashining raisi А.Ishanxodjaev ochib berdi va kun tartibidagi masalalar bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.
Birinchi galda Oʼzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi aʼzolari tarkibiga oʼzgartirish kiritildi.
Kengash aʼzolari eʼtiboriga Oʼzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2019 yil faoliyati yakunlari hamda 2020 yilning ustuvor vazifalari toʼgʼrisidagi tahliliy-tanqidiy axborot havola etildi. Maʼruza soʼngida raislik qiluvchi А.Ishanxodjaev – Kengash aʼzolari oldiga boshlangʼich kasaba uyushmasi tashkiloti kasaba uyushmasi qoʼmitalarining 2020 yil uchun moʼljallangan ish rejalarini Ish beruvchilar bilan hamkorlikda tuzish, tasdiqlash hamda boʼlib oʼtadigan konferentsiyalar muxokamasiga kiritish, kasaba uyushmasi qoʼmitasi raisligiga nomzodlarni tanlanishida kadrlar salohiyatiga alohida eʼtibor berish, barcha komissiyalar faoliyatini tahliliy-tanqidiy koʼrib chiqish, jamoatchilik nazoratini kuchaytish, mehnat muhofazasi tadbirlari hamda sogʼlomlashtirish ishlariga alohida eʼtibor qaratish, har oyda boshlangʼich kasaba uyushmasi tashkilotlariga amaliy-uslubiy yordam koʼrsatish amaliyotini davom ettirish, hudud kuratorlarining ishlariga baho berish, ularni ragʼbatlantirish yoki taʼsirchan chora koʼrish kabi vaziflarni qoʼydi.
Shuningdek, majlis kun tartibida “Kasaba uyushmalari toʼgʼrisida”gi yangi Qonuni va uni amaliyotga tatbiq etish hamda targʼibotini oʼtkazish boʼyicha vazifalar toʼgʼrisida fikr almashildi.
Xususan, mehnat jamoalarida Oʼzbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari toʼgʼrisida”gi qonunining mazmun-mohiyatini tushuntirish va targʼiboti boʼyicha ishlarini tizimli olib borish, amalda qoʼllash tarmoq kasaba uyushma tashkilotlarining ustuvor vazifalaridan biri etib belgilanishi, yangi Qonunni tushuntirish va targʼiboti boʼyicha ishchi guruh tuzish, chora-tadbirlar rejasini belgilash hamda oʼquv seminarlar tashkil etish jadvalini tasdiqlash taklifi kengash aʼzolari tomonidan maʼqullandi.
Majlis ishi davomida Oʼzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasining IX Qurultoyi 2020 yil avgust oyida Toshkent shahrida chaqirilishi, uning kun tartibiga kiritilgan masalalar, saylanadigan delegatlar soni, Respublika Kengashi va taftish komissiyasi tarkibi boʼyicha meʼyorlar toʼgʼrisida batafsil maʼlumot berdi.
Raislik qiluvchi tomonidan Respublika kengashining apparat xodimlari, Kengash va Rayosat aʼzolari hamda hudud kuratorlariga Oʼzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasining IX Qurultoyini oʼtkaziladigan aniq kunni belgilash, oʼtkazish bilan bogʼliq sarf-harajatlar smetasini tuzish, tashkiliy masalalar yuzasidan ishchi guruh tarkibini shakllantirish, 2021-2025 yillarga moʼljallangan strategik yoʼnalishlar loyihasini ishlab chiqish, Ustavga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash, chora-tadbirlar rejasini belgilash hamda Respublika kengashining 2020 yilning 1 chorak yakuni boʼyicha oʼtkaziladigan Rayosat yigʼilishi muhokamasiga kiritish kabi takliflar kiritilib, mazkur masala yuzasidan qaror loyihasi bir ovozdan qabul qilindi.
Kun tartibidagi barcha masalalar koʼrib chiqilgandan soʼng kengash aʼzolari va hudud kuratorlarining maʼruzalari tinglandi.
“Oʼzbekiston pochtasi” АJ va “Oʼzbektelekom” АK Аndijon filiallari kasaba uyushmasi qoʼmitasi raislari B.Аxmedov, B.Odilov, “Oʼzbektelekom” АK va “Oʼzbekiston pochtasi” АJ Sirdaryo filiallari kasaba uyushmasi qoʼmitasi raislari Sh.Siddiqov, Sh.Yuldashev, “Oʼzbektelekom” АK va “Oʼzbekiston pochtasi” АJ Surxondaryo filiallari kasaba uyushmasi qoʼmitasi raislari Q.Qulsaxatov, R.Eronov, “Oʼzbektelekom” АK va “Oʼzbekiston pochtasi” АJ Xorazm filiallari kasaba uyushmasi qoʼmitasi raislari O.Egamov, M.Polvonov tomonidan olib borilayotgan ishlarda kamchilik va xatoliklarga yoʼl qoʼyilayotgani qattiq tanqid etilib, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilash va ijrosini taʼminlash yuzasidan vazifalar topshirildi.
Shuningdek, “Oʼzbektelekom” АK Jizzax filiali kasaba uyushmasi qoʼmitasi raisi N.Gayirova, “Oʼzbektelekom” АK Navoiy filiali kasaba uyushmasi qoʼmitasi raisi R.Darbaeva, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TАTU Samarqand filiali kasaba uyushmasi qoʼmitasi raisi B.Nazarov, “Oʼzbektelekom” АK Samarqand filiali kasaba uyushmasi qoʼmitasi raisi N. Mahmudova, “Oʼzbektelekom” АK va “Oʼzbekiston pochtasi” АJ Qarshi filiallari kasaba uyushmasi qoʼmitasi raislari B.Jumanov, M.Sattarova, “Oʼzbekiston pochtasi” АJ Toshkent filiali kasaba uyushmasi qoʼmitasi raisi R.Naraliev tomonidan ijtimoiy himoya, huquqiy targʼibot, mehnat muhofazasi va yoshlar qoʼoʼlab-quvvatlash yoʼnalishlarda kiritilgan takliflar muxokama etilib, bildirilgan fikr mulohazalar hamda takliflar asosida tegishli qarorlar qabul qilindi.