Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Kasaba uyushmasiga a’zolikning afzalliklari” hamda “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Bo‘lib o‘tgan davra suhbatida O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy koomunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Mehnatni muhofaza qilish bosh mutaxassisi Mirzaev Botir Atxamovich Aloqa tashkilotlarida mehnat muhofazasi va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha, ayniqsa xotin-qizlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ularning davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilishi holati, mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazilishi, kasaba uyushmalarining mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha komissiyalar va vakillarining ish faoliyatlarining olib borilishi, yangi ishga kirgan kollej bitiruvchilariga amaliyot vaqtida yaratilayotgan sharoitlar, baxtsiz hodisalar oqibatida jarohatlanganlar va boquvchisini yo‘qotgan shaxslarga belgilangan tovon pullari to‘g‘ri to‘lanishi hamda ish jarayonida baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan sug‘urta qilinishi holatlariga e’tibor qaratildi, davra suxbati ishtirokchilariga atroflicha tushuntirish berdi.
Shuningdek, mehnatkashlar uchun munosib mehnat sharoitini yaratish, ish joyida xodimlar salomatligiga ta’sir etuvchi omillar, uni boshqarish usullari bartaraf etish mexanizmlari va ishchi-xodimlarning ish jarayonida samarali mehnat faoliyati olib borishlari uchun uning xuquqiy asoslarini yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Umirzoqov Baxodir Mamadiyorovich - Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kasaba uyushma qo‘mita raisi universitet kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida xamda “Kasaba uyushmasiga a’zolikning afzalliklari” to‘g‘risida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida davra suhbati ishtirokchilariga axborot berdi.
Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad – mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda xodimlar sog‘ligining turli ko‘rinishlarini mutaxassislarga va ishchi-xodimlar salomatligiga xavf soluvchi unsurlarining oldini olish va ish jarayonida sog‘lom muhitni yaratishdan iboratdir.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, xodimning mehnat jarayonidagi salomatligi – uning ish unumdorligiga, jamiyatning yuksalishiga ta’sir etadi va har bir hodim mehnat faoliyatida yuz beradigan ob’ektiv va sub’ektiv omillarni enga olgan taqdirdagina ijobiy natijaga erishib yuksaladi.
Davra suxbati chog‘ida mehnat qonunchiligi va tizimdagi korxonalarda mehnat munosabatlarini tartibga solish to‘g‘risida tushuntirishlar shuningdek ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan aniq javoblar berildi.