Saralash musobaqalari davom etmoqda

Yosh xodimlari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha saralash musobaqalari o‘tkazildi.

Joriy yilning 25 oktyabr kuni O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Rayosatining 2019 yil 4 oktyabrdagi 15-22 “o” son qaroriga asosan “O‘zbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasi ijroiya apparati, “Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi”, “Axborot tizimlari”, “Sotuv va xizmat ko‘rsatish markazi”, “Xaridlarni boshqarish markazi” filiallari yosh xodimlari (35 yoshgacha) o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha saralash musobaqalari o‘tkazildi.

Stol tennisi bo‘yicha musobaqa Toshkent shahar, Shayxontoxur tumanida joylashgan “Sport Best” sport zalida bo‘lib o‘tdi.

                Bo‘lib o‘tgan musobaqada quyidagi xodimlar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi:

                Ayollar o‘rtasida:

                1-o‘rin  “O‘zbektelekom” AK “Axborot tizimlari” filiali xodimi - Pak Viktoriya Yurьevna;

                2-o‘rin “O‘zbektelekom” AK “Xaridlarni boshqarish markazi” filiali xodimi - Yakubova Xurshida Daniyarovna;

                3-o‘rin “O‘zbektelekom” AK “Axborot tizimlari” filiali xodimi - Omilbekova Shaxzoda Shuxrat qizi.

Erkaklar o‘rtasida:

1-o‘rin “O‘zbektelekom” AK “Sotuv va xizmat ko‘rsatish markazi” filiali xodimi - Kaxarov Bexzod Baxtiyor o‘g‘li;

2-o‘rin “O‘zbektelekom” AK “Axborot tizimlari” filiali xodimi - Shirov Timur Usmanovich;

3-o‘rin  “O‘zbektelekom” AK “Axborot tizimlari” filiali xodimi - Mirsharofov Xumoyun Xotamjon o‘g‘li.

G‘oliblar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Shu bilan birgalikda, musobaqada 1-o‘rinni egallagan xodimlar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi Toshkent shahridagi aktsiyadorlik kompaniya, jamiyat, korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan musobaqaga yo‘llanma olishdi.