Musobaqada jami 8 jamoa ikki guruhga bo‘lingan holda ishtiroq etishdi.
“O‘zbektelekom” AK “TShTT” filiali va uning tizimidagi bog‘lamalar xodimlari o‘rtasida mini futbol (futzal) musobaqalarini tashkil etish, jismoniy tarbiya va sportni, xodimlarning sog‘lom hamda jismonan baquvvat bo‘lishlari uchun kundalik ehtiyojiga aylantirish, xodimlar o‘rtasida sog‘lomlashtirish – profilaktika ishlarini kuchaytirish shunindek, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Rayosatining 2019 yil 29 yanvardagi 13-3 ”0”–sonli qarorining 1-ilovadagi “O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi va uning tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlar tomonidan “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid chora-tadbirlar rejasining 4.5 (12.20)-bandi va O‘zbektelekom” AK “TShTT” filiali kasaba uyushma qo‘mitasining 2019 yil davomida bajariladigan asosiy ishlar rejasining 2.3-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, “TShTT” filiali va uning tizimidagi bog‘lamalar xodimlaridan tuzilgan terma jamoalar o‘rtasida 2019 yil 11-12 oktyabr kunlari Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida mini futbol (futzal) bo‘yicha “TShTT” filiali kubogi uchun musobaqalar o‘tkazildi.
Musobaqada jami 8 jamoa ikki guruhga bo‘lingan holda ishtiroq etishdi. Guruh boskichidan 1- va 2-o‘rinni egallagan jamoalar yarimfinal bosqichiga yo‘llanmani ko‘lga kiritishdi.
Birinchi yarimfinal boskichida Mirobod – Shayxontohur jamoalari o‘rtasidagi o‘yin shiddatli o‘tib natijada asosiy vaqtda durrang qayd etildi (1-1), penalьtilar seriyasi bo‘yicha (3-1) omad Mirobod jamoasiga nasib qildi.
Ikkinchi yarimfinal bo‘yicha o‘tkazilgan o‘yin natijasiga ko‘ra Yangiobod jamoasi 2-0 hisobida SAB jamoasidan ustun keldi.
3-o‘rin uchun o‘tkazilgan o‘yinda SAB jamoasi 1-0 hisobida Shayxontohur jamoasidan ustun kelib, musobaqada fahrli 3-o‘rinni egalladi.
Musobaqaning final o‘yini murosasiz va shiddatli ko‘rinishda o‘tib, sportzaliga tashrif buyurgan muxlislar qo‘llab-quvatlab turishlari jamoa vakillariga qo‘shimcha dalda berib, maydonning har bir qarichida to‘p uchun kurash bo‘lib o‘tganligidan dalolatdir. Hakamlar tomonidan final hushtagi chalingunga qadar baxs yuqori tempda o‘tib, oxir oqibatda Mirobod jamoasi 2-1 hisobida Yangiobod jamoasidan ustun kelib, fahrli 1-o‘rinni egallab, “TShTT KUBOGI-2019” sohibiga aylandi. 2-o‘rin Yangiobod jamoasiga nasib etdi. Fahrli 1-, 2-, 3-o‘rinni egallagan jamoalar medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Musabaqada shunindek,
Eng yaxshi uyinchi- SAB jamoa a’zosi Gulyamov Xusniddin;
Eng yaxshi hujumchi – Shayxontohur jamoa a’zosi Anvarov Abdusaid;
Eng yaxshi darvozabon – Yangiobod jamoa a’zosi Yuldashev Po‘lat;
Eng yaxshi murabbiy – Mirobod jamoasi murabbiyi Ubaev Sa’dillalar musobaqa tashkiliy qo‘mitasi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Biz bilan suhbatda bo‘lgan musobaqa bosh haqami Ulug‘bek Yadgarov shunday fikr bildirdiki, qariyb 15 yil davomida muntazam o‘tkazib kelinayotgan musobaqada bu jamoalar bir marta ham bunday yutuqlarga erishmaganligini ta’qidladi va yangi chempion jamoa “TShTT” tarihiga o‘z nomini yozdirib qo‘ydi. Avval o‘tkazilgan musobaqalarda Mirzo-Ulug‘bek jamoasi 5 marotaba, Chilonzor jamoasi 2 marotaba, Boshqarma jamoasi 2 marotaba, Call Centre jamoasi 1 marotabadan chempion bo‘lishgan.