“Ochiq muloqot” negizida kasaba uyushmasi faollariga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Ma’lumki, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2018 yil 2 oktyabrdagi “Boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari kuni”ni joriy etish to‘g‘risida”gi 10-5 son Rayosat qarori asosida Respublika kengashining 2018 yilning 26 oktyabrdagi “Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlariga amaliy yordam ko‘rsatish kuni”ni joriy etilishi to‘g‘risdagi 11-4 son Rayosat qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror asosida har oyning ikkinchi seshanba kuni tizimdagi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlariga Respublika kengashi mas’ul xodimlari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.

Xususan, boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlariga amaliy yordam ko‘rsatishlar davomida xodimlarga ish xaqining o‘z vaqtida berilishi, mehnat muhofazasi, mehnat qonunchiligiga hamda Ustav talablariga rioya etilishi, kasaba uyushmasiga a’zolik badallarining o‘z vaqtida tushirilishi va boshqa yo‘nalishlardagi mavjud muammolarni aniqlash hamda kasaba uyushmasi ko‘mitasi, ish beruvchilar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;

- boshlang‘ich tashkilotning kasaba uyushmalari majlislari, saylab qo‘yiladigan organlari yig‘ilishlari belgilangan muddatlarda o‘tkazilishi, a’zolik biletlari bilan ta’minlanganlik holati, ish rejasining sifati, jamoa shartnomasini tuzish va bajarilishini muhokama qilish tartibiga rioya etilishi sohasidagi faoliyatni tahlil qilish, kamchiliklar aniqlangan taqdirda ularni bartaraf etishga ko‘maklashish;

- boshlang‘ich tashkilot etkachisining faoliyati, unig salohiyati, obro‘-e’tiborini o‘rganib, tegishli yordam va tavsiyalar berish;

- ish beruvchi bilan uchrashib, hamkorlikdagi ishlar, jamoa shartnomasi bandlari bajarilishi tahlilini o‘tkazish hamda yuzaga kelayotgan muommolarni joyida hal etish kabi ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning mart oyida boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlariga amaliy yordam ko‘rsatish kunini o‘tkazilishida o‘zgartirishlar kiritilib, Toshkent  shahridagi 60 dan ziyod boshlang‘ich tashkilotlarning kasaba uyushmasi qo‘mitasi raislari va faollari ishtirokida “Ochiq muloqot” tarzidagi  davra suhbati tashkil etildi. 

Muloqot jarayonida ishtirokchilarga Respublika kengashi mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan jamoa shartnomalarini bajarilishiga bag‘ishlangan konferentsiyalarda mehnatkashlar tomonidan kiritilgan takliflar, Sirdaryo, Jizzax va Namangan viloyatlaridagi aloqa korxonalarida o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar  va  ularni bartaraf etish yo‘llari, mehnat muhofazasi yo‘nalishida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar va aniq qo‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid chora-tadbirlar rejasi hamda Respublika kengashining 2019 yilning birinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejalarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlanishi yuzasidan fikr mulohaza yuritildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar negizida korxona va tashkilotlarda xodimlarni ta’tilga chiqish davrida chiqarilayotgan buyruqlarda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar hususida munozara olib borildi hamda 2019 yil bayram sanalari hamda bayram kunlarini e’tiborga olgan holda hujjatlarni yuritish va “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida ichki turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilishi bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Bundan tashqari, boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotida kasaba uyushma a’zolik badallari tushumini smeta asosida sarflanishini tashkil etish, moliyaviy hujjatlarni rasmiylashtirish, ishni rejalashtirish, ish  yuritishni tashkil etish hamda kasaba uyushmasiga a’zolik afzalliklari, nodavlat sektori korxonalari xodimlarini kasaba uyushmalariga jalb etish, ommaviy axborot vositalari va rasmiy veb-saytlardan keng foydalanish  kabi  mavzular ham nazardan chetda qolmadi.

Tashkil etilgan  ochiq muloqotda ishtirokchilarning ko‘plab turli yo‘nalishdagi savollariga javob berildi, yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish yuzasidan fikr almashildi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi. Mazkur ochiq muloqot  kasaba uyushmalar faoliyatida albatta ijobiy natijada beradi degan umiddamiz.