Nafasat va go‘zalik bayrami 8-mart Halqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Soha tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarda samarali foliyat yuritayotgan, sog‘lom, barkamol farzandlarni voyaga etkazish, oilalar mustahkamligini ta’minlashda o‘z xissasini qo‘shayotgan faol xotin-qizlarni rag‘batlantirish, ularni oila va jamiyatdagi mavqeini oshirish, namunali hayot yo‘li bilan barchaga o‘rnak bo‘lgan mehnat faxriylarini sharaflash, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ishlari tashkil etilmoqda.
Bahor fasli eng nafis, ko‘rkam, go‘zal, beg‘ubor islarni olamga tarqatuvchi, inson qalbining tubigachan etib borguvchi xislatlarni o‘zida mujjasam eta olgan, munis onaxonlar, latofatli ayollar, oqila qizlarimiz va tabiatning uyg‘onish bayramlari nishonlanadigan fasldir.
Nafasat va go‘zalik bayrami 8-mart Halqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan soha tizimdagi korxona, tashkilot va muassasalarda samarali foliyat yuritayotgan, sog‘lom, barkamol farzandlarni voyaga etkazish, oilalar mustahkamligini ta’minlashda o‘z xissasini qo‘shayotgan faol xotin-qizlarni rag‘batlantirish, ularni oila va jamiyatdagi mavqeini oshirish, namunali hayot yo‘li bilan barchaga o‘rnak bo‘lgan mehnat faxriylarini sharaflash, moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash ishlarini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining qator tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, barcha boshlang‘ich tashkilotlarga ijro uchun etkazildi.
Unga asosan tizimdagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari Ish beruvchilar bilan hamkorlikda 8-mart Halqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari tashkil etilmoqda.
Xususan, tashkilotlarda mehnat qilayotgan xotin-qizlar, mehnat faxriylari uchun madaniy-ma’rifiy bayram tadbirlari tashkil etilib, ularda ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan xotin-qizlar, kam ta’minlangan oilalar, boquvchisini yo‘qotgan ayollar ishtiroki ta’minlanmoqda.
Shuningdek, o‘zlarining namunali hayot yo‘li bilan barchaga o‘rnak bo‘lgan muxtaram onaxonlar, mehnat faxriylarini jalb etgan holda oliy va o‘rta maxsus kasb–hunar ta’limi muassasalari talaba-qizlar orasida suxbat, uchrashuv va ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilmoqda.
Yosh mutaxassislar tomonidan uyda yotib qolgan qariyalar va nafaqada bo‘lgan mehnat faxriylari xolidan xabar olinib, ish beruvchilar tomonidan moddiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
Mehnat jamoalarida ayollar o‘rtasida sportning ommaviy turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etilib, barcha ishtirokchilarga kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari topshirilmoqda.