2019 yilda yosh xodimlar uchun tashkil etiladigan tadbirlar haqida

2019 yilga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlik va ijtimoiy sheriklik bo‘yicha qo‘shma tadbirlar rejasi 45 banddan iborat bo‘lib, shundan 15 ta bandi bevosita yoshlarga oid.

Yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, huquqiy madaniyatini oshirish, munosib mehnat sharoitlari bilan ta’minlash, ularni har tomonlama etuk mutaxassis bo‘lib kamol topishiga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh mutaxassislarni aniqlash, kasbiy mahoratini va bilim darajasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2019 yilga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlik va ijtimoiy sheriklik bo‘yicha qo‘shma tadbirlar rejasiga alohida “Yoshlar siyosatini amalga oshirish” bo‘limi kiritildi.

Ushbu qo‘shma tadbirlar rejasida yosh xodimlar o‘rtasida sportning bir nechta turi bo‘yicha musobaqalar (mini futbol, sport festivallari, stol tennisi va hokazo), kasbga oid ko‘rik tanlovlar, madaniy tadbirlar, davra suhbatlari, ochiq muloqotlar, seminar-treninglar, “1 iyunь-xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” va “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan turli aktsiyalar va boshqa masalalar o‘z aksini topdi.

Bugungi kunda qo‘shma tadbirlar rejasidagi yoshlarga oid bandlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha birqator ishlar amalga oshirilmoqda.