Yuksak mas’uliyatni his etaylik

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushma Respublika kengashi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va ijtimoiy sheriklik bo‘yicha 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasiga muvofiq, vazirlik hamda kasaba uyushma Respublika kengashi rahbariyatining bevosita mehnat jamoalarida mas’ul hodimlar va ish beruvchilar hamda kasaba uyushma faollari bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuvlari Farg‘ona hamda Samarqand shaharlarida o‘tkazildi.

Soha rahbariyatining korxona, tashkilot va muassasalar xodimlar bilan bevosita uchrashuvlarini kelgusida ham davom etishi an’ana tusiga kirmoqda.

Shuningdek, Respublika kengashi tomonidan mehnat jamoalarida xuquqiy savodxonlik kechalari, sayyor qabullar, ochiq muloqotlar va davra suxbatlarini tizimli ravishda o‘tkazilishiga jiddiy yondoshilmoqda. Jumladan,  2018 yilda Respublika kengashining mas’ul xodimlari ishtirokida xodimlar, kasaba uyushma faollari,  kadrlar  va  yuridik xizmat mutaxassislari uchun xuquqiy mavzularda 25 tadan ko‘proq davra suhbatlari va ochiq muloqotlar tashkil etildi.

Respublika kengashida soha xodimlarining jami 118 ta - shu jumladan:  26 ta yozma va elektron murojaatlar, 92 ta  og‘zaki (44 ta shaxsiy qabul va 48 ta ishonch-telefoni) murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.

Murojaatlar yuzasidan mehnat jamoalarda olib borilgan o‘rganishlar tahliliga ko‘ra, xodimlar va mutaxassislarning xuquqiy savodxonligini oshirish, ijro intizomini mustahkamlash, texnologiya va ishlab chiqarishdagi o‘zgarishlar munosabati bilan xodimlar soni va ish joylarini qisqartirish jarayonida qonun talablariga rioya qilinishi va ularning bajarilishini nazoratga olish, mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha kasaba uyushma tashkilotlari bilan ish beruvchilarning faoliyati talab darajasida emasligini ko‘rsatmoqda.

Ushbu xolat, korxona va filiallarda ish beruvchilar, kasaba uyushma qo‘mita a’zolari hamda kadrlar xizmati xodimlarining mehnat xuquqi bo‘yicha malakasini oshirishga va ularning shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirishga alohida e’tibor berishimizni taqozo etadi.