Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 28-oktyabrida imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-798-son qonuni 2023-yilning 30-aprelidan amalga kirishini inobatga olib, Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi ijtimoiy sheriklik tamoyili asosida, mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari hamda mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash, ularni bandligini taʼminlash, mehnat muhofazasi yoʻnalishidagi ishlar sifatini oshirish, xodimlar va ularning oila aʼzolari turmush farovonligini yaxshilash borasida ishlar tizimli ravishda olib borilmoqda.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksi asosida, yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, xodimlar uchun tarmoq va respublika darajalarida taraflarning mehnat sharoitlarini, bandlikni hamda ijtimoiy kafolatlarni belgilashga doir majburiyatlarini oʻz ichiga olgan, xodimlar va ish beruvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini kelishib olish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda 2023-2025-yillarga moʻljallangan Tarmoq jamoa kelishuvlari hamda “Oʻzbekiston pochtasi” AJ va “Matbuot tarqatuvchi” AK Tarif kelishuvlari loyihalari belgilangan tartibda ikki tomonlama tuzilgan ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiyalar tomonidan tayyorlandi va muhokama etildi.
Hozirgi kunda yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksining 87-moddasiga asosan, Tamroq va Tarif jamoa kelishuvlari loyihalari jamoatchilik ekspertizasini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga taqdim etildi.