Buxoro – qadimiy shaharlarimizdan biri boʻlib, islom olamida diniy va ilm-maʼrifat markazi sifatida tanilgan, “Buxoroi Sharif” deya ulugʻlangan boqiy shaharlarimizdan biri hisoblanadi.
Ulugʻ ayyom kunlari “OʻzTTBRM” DUK, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokampaniyasi kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan tashkilot xodimlari va ularning oila aʼzolariga hamda “Belariq” mahalla fuqarolar yigʻini hududida istiqomat qiluvchi 2 nafar nuroniylar uchun Buxoro shahridagi tarixiy obidalar va diqqatga sazovor joylarga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida xodimlar qadimiy ziyoratgohlarni ziyorat qilish bilan birga Buxoroning tor koʻchalarini kezib koʻk gumbazli hashamatli binolar, qadimiy qadamjolar hamda kichik loysuvoq uylardan zavq olishdi.
Bir olam taassurot bilan qaytgan soha xodimlari tashkilot maʼmuriyati va kasaba uyushmasiga oʻz minnatdorliklarini bildirishdi.