Stol tennisi musobaqalari yakunlandi

Bugun tashkil etilgan stol tennisi musobaqasining final bosqichida 18 ta tashkilot gʻoliblari jami 33 nafar, shundan 15 nafari qizlar, oʻzaro bellashdilar.

Soha tizimidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar, ayniqsa yosh mutaxassislar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, salomatligini mustahkamlash, maʼnaviy sogʻlom, jismonan yetuk etib tarbiyalash, ichkilikbozlik, giyohvandlikning oldini olish, boʻsh vaqtlaridan unumli foydalanishni kundalik xayot tarziga aylantirish, kamxarakatlik tufayli yuzaga keluvchi turli kasalliklardan oʻzini saqlashiga koʻmaklashish hamda jismoniy tarbiya va sportni sohaning yosh xodimlari hamda ular oila aʼzolarining kundalik turmush tarziga aylantirish kasaba uyushmalarining asosiy vazifalaridan biridir.

Ushbu maqsadda Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya  xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi 2022-yil 14-dekabrdagi 07-08 “o” sonli Ijroiya qoʻmita qarori asosida axborot texnologiyalari sohasi korxona, tashkilot va muassasalarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarni salomatligini mustahkamlash, ularni sportga jalb etish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, sport, jismoniy tarbiya mashgʻulotlari bilan shugʻullanishlari uchun yaratilgan sharotlardan oqilona foydalanish maqsadida stol tennisi boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi.

Musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish borasida Tashkiliy qoʻmita shakllantirildi hamda stol tennisi musobaqalari Nizom asosida korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan 35 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida yakkaxon tartibda oʻtkazildi. Musobalar Toshkent shahridagi 40ga yaqin korxona va tashkilotlarda tashkil etilib, ularda ming nafardan ziyod yosh xodimlar ishtirok etdi.

Bugun tashkil etilgan stol tennisi musobaqasining final bosqichida 18 ta tashkilot gʻoliblari jami 33 nafar, shundan 15 nafari qizlar, oʻzaro bellashdilar.

Zoʻr shiddat bilan boʻlib oʻtgan stol tennisi oʻyinlarini xaʼkamlar baholab bordi.

Tashkil etilgan stol tennisi musobaqasining final bosqichining ochilish marosimi ishtirokchilar paradi bilan boshlandi. Musobaqa oldidan tashkilotchilar tomonidan yoʻllangan tilaklar esa ishtirokchilarni yanada ruxlantirdi. 

Erkaklar oʻrtasidagi musobaqada:

3-oʻrin. Farrux Sabirov (“Oʻzbekiston pochtasi” AJ yetakchi muhandisi)

2-oʻrin. Baxrom Tulenov (OʻzTTBRM telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari)

1-oʻrin. Isroiljon Alijonov (Muhummad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi uslubchisi)lar egallagan boʻlsa.

Ayollar oʻrtasida:

3-oʻrin. Feruza Islomova (“Oʻzbektelekom” AK oliy toifali buxgalteri)

2-oʻrin. Alloma Mirzaxoʻjayeva (OʻzTTBRM Axborot xavfsizligi xizmatining 2-toifali muhandisi)

1-oʻrin. Iroda Raximova (“Oʻzbektelekom” AK “TSHTT” filiali Markaziy telefon bogʻlamasi KPXR va AXKG 2-toifali muhandisi)larga nasib etdi.

Gʻolib va sovrindorlar Respublika kengashining diplom va  esdalik sovgʻalari  bilan taqdirlandilar.