“Oʻzbektelekom” AK hamda Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamkorlikda qabul qilingan jadvaliga muvofiq, 2023-yil 16-mart kuni “Oʻzbektelekom” AK “UZMOBILE” filiali mehnat jamoasining konferensiyasida Yagona jamoa shartnomasini bajarilishi atroflicha muhokama etildi.
Mazkur konferensiya anʼanaviy tarzda videokonferensiya aloqa tizimi orqali tashkil etilib, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi apparatining Moliya boʻlimi bosh mutaxassisi A.Berdiyorov, Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bosh mutaxassisi Yu.Gapurovlar hamda “UZMOBILE” filialining bosh ofisi va respublika hududida faoliyat yuritayotgan barcha tarkibiy boʻlinmalaridan delegatlar ishtirok etishdi.
Yagona jamoa shartnomasini bajarilishi yuzasidan konferensiyada muhokama jarayonida soʻzga chiqqan, “UZMOBILE” filialining bosh ofisi Brendni rivojlantirish va marketing kommunikatsiyalari xizmati boshligʻi Jaxongir Adilov, Markenting xizmati 1-toifali mutaxassisi Nargiza Abduraxmanova, Markenting xizmati boshligʻi Rustam Boltabayev, Tarmoq sifati tixlili xizmati boshligʻi Karim Qurbonov va Jizzax hududiy bogʻlamasi boshligʻi Durbek Abduraxmanovlar “UZMOBILE” filiali rahbariyati va kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan Yagona jamoa shartnomasida belgilangan majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan faoliyatini qoniqarli deb baholadilar va toʻliq bajarilganligini eʼtirof etdilar, shu bilan birga 2023-yil davomida xodimlar va ularning oila aʼzolarini dam oldirish hamda sogʻlomlashtirish tadbirlarini yanada koʻpaytirish, sport bilan shugʻullanish uchun alohida xona ajratish va tegishli sport anjomlari bilan jihozlash kabi takliflarni konferensiya qarori loyihasiga kiritishni va amalga oshirishni soʻradilar.
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi apparatining Moliya boʻlimi bosh mutaxassisi A.Berdiyorov hamda Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bosh mutaxassisi Yu.Gapurovlar ayrim takliflar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berishdi.