“Oʻzbekiston pochtasi” AJ hamda Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamkorlikda qabul qilingan jadvalga asosan joriy yilning 1-mart kunidan boshlab 14-mart kuniga qadar barcha filiallarda 2022-2024-yillarga moʻljallangan Tarif kelishuvi asosida qabul qilingan filiallar jamoa shartnomalari 2022-yil yakuni boʻyicha bajarilishi mehnat jamoalari umumiy yigʻilishi, konferensiyalarida taxliliy-tanqidiy jihatdan muhokama etildi.
“Oʻzbekiston pochtasi” AJ apparati maʼmuriyati va kasaba uyushmasi qoʻmitasi oʻrtasida qabul qilingan jamoa shartnomasini bajarilishi boʻyicha 2023-yil 15-mart kuni oʻtkazilgan “Oʻzbekiston pochtasi” AJ apparati mehnat jamoasining umumiy yigʻilishida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi apparatining Tashkiliy ishlar boʻlimi mudiri oʻrinbosari R. Samarbekov, Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi A.Ishaxodjayev va Respublika kengashi bosh mutaxassisi Yu.Gapurovlar ishtirok etishdi.
Mazkur umumiy yigʻilishda “Oʻzbekiston pochtasi” AJ bosh direktori A.Fayzullayev va kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi D.Sagatovalar jamoa shartnomasida olingan majburiyatlarni bajarilishi yuzasidan aniq raqamlar asosida hisobot berdilar.
Jamoa shartnomasini bajarilishi yuzasidan muhokama jarayonida soʻzga chiqqan, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ apparatining ishlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi -Umurzakova Latofat Kasыmovna, Pochta xavfsizligi boʻlimi boshligʻi- Mustafakulov Sobir Jurayevich, Xalqaro hisob-kitoblar boʻlimi boshligʻi- Andreeva Zosya Vladimirovna, “UNISAVDO”onlayn savdo maydonini rivojlantirish xizmati yetakchi muhandisi- Isxakov Odiljon Akilovichlar “Oʻzbekiston pochtasi” AJ rahbariyati va kasaba uyushmasi qoʻmitasi faoliyatini qoniqarli deb baholadilar hamda umumiy yigʻilish qarorida ushbu taklif bir ovozdan qabul qilindi.
Shuningdek, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ rahbariyati va kasaba uyushmasi qoʻmitasiga 2023-yil davomida madaniy-maʼrifiy tadbirlarni, ayniqsa qoʻshimcha dam olish kunlari xodimlar va ularning oila aʼzolarini ichki turizmga jalb etish ishlarini davom ettirish taklifi berildi.
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi apparatining Tashkiliy ishlar boʻlimi mudiri oʻrinbosari R. Samarbekov kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan xodimlarni huquqiy himoyasi va mehnat muhofazasi boʻyicha tadbirlarni bajarilishiga alohida eʼtibor berishini soʻradi.
Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi A.Ishaxodjayev “Oʻzbekiston pochtasi” AJ maʼmuriyati tomonidan filiallar xodimlarini ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini taʼminlash yuzasidan takliflar bildirdi.