Hisobot, yangi rais va kelgusidagi vazifalar

“COSCOM” MCHJ boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotining navbatdan tashqari konferensiyasi 2023-yil 1-mart kuni 44 nafar delegat ishtirokida videokonferensiya aloqa vositasida oʻtkazildi.

Konferensiya kun tartibida:

“COSCOM”  MCHJ boshlangʻich kasaba uyushmasi qoʻmitasining 2022-yildagi faoliyati muhokama etildi va delegatlar tomonidan qoniqarli deb baho berildi.

Boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkiloti taftish komissiyasi tarkibiga yangi aʼzo sayladi.

“COSCOM”  MCHJ jamoatchilik asosida faoliyat yuritayotgan boshlangʻich kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi N.Isxokov oʻz arizasiga koʻra, egallab turgan lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi arizasi delegatlar tomonidan qanoatlantirildi va “COSCOM”  MCHJ Xavfsizlik boʻlimida boʻlim boshligʻi boʻlib ishlab kelayotgan Xasanov Farxod Obidjonovich kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi etib saylandi.

Delegatlar N.Isxokovga olib borgan faoliyati uchun minnadorchilik bildirishdi va F.Xasanovga hamda qoʻmita aʼzolariga oʻzlarining takliflarini bildirib, ularga kelgusidagi ishlarida omad tiladilar.