“Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish instituti” nodavlat taʼlim muassasasida Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tizimidagi boshlangʻich tashkilotlardagi “Mehnat nizolari” hamda Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiyalari aʼzolarining malakasini oshirish boʻyicha 40 soatlik oʻquv yakunlandi.
Har bir tinlovchi oʻquv dasturi asosida shakllangan 60 ta savol boʻyicha test topshirib, taʼlim muassasasining sertifikatiga ega boʻlishdi.
Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi A.Ishanxodjayev tinlovchilar bilan suhbat oʻtkazib, oʻquv jarayoni va olingan bilmlarini amalda qoʻllash yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.